Qozog‘istonning Sharqiy Qozog‘iston viloyati Ust-Kamenogorsk shahrida 21 yoshli qiz Potanin ko‘chasida joylashgan uyning to‘rtinchi qavati balkonidan tushib ketib, tirik qoldi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Noxush hodisa 27-iyun kuni sodir bo‘ldi. Sharqiy Qozog‘iston viloyati IIBning ma’lum qilishicha, politsiya voqea joyiga darhol yetib borgan. Ularning aniqlashicha, yosh qiz mast holatda bo‘lib, xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganligi sababli qulab ketgan.
“Qizning uyida uning dugonalari bo‘lgan va ular tez yordam hamda politsiyani chaqirgan. So‘roq davomida guvohlar jabrlangan qizning balkonga chekish uchun chiqib, noxosdan panjaradan tushib ketganligini aytdi”, — deydi ShQV IIB matbuot xizmati boshlig‘i Baxitjan Torgayev.
Hozirda jabrlangan qiz kasalxonada.
Izoh (0)