KXDR patrul kemasi 30-iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:22 da Sariq dengizdagi Shimoliy chegara chizig‘i hududida Janubiy Koreya akvatoriyasiga kirdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Koreya Respublikasi Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Janubiy Koreya kemalari unga qarata bir necha marta ogohlantirish tariqasida o‘q uzgan, shundan keyin kater Koreya Respublikasi suvlarini tark etgan.
KXDR Shimoliy chegara chizig‘ining dengiz chegarasi sifatidagi rolini tan olmaydi va buni chiziq Janubiy Koreya va ittifoqchilari tomonidan bir taraflama tartibda o‘rnatilgan deb hisoblashi bilan izohlaydi.
Izoh (0)