Qozog‘iston politsiyasi o‘lgan sayg‘oqlarning 119 ta shoxini arralab olganlikda gumon qilinayotgan erkakni qo‘lga oldi, deb xabar beradi “RIA Novosti” Kostanay viloyati ichki ishlar bo‘limi matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib.
Qozog‘istonda sayg‘oqlarning yalpi ravishda nobud bo‘lishi may oyining o‘rtalarida boshlangan edi. Kostanay, Akmola va Aktobe viloyatlarida 132 mingdan ortiq sayg‘oqlar nobud bo‘lib, ularning o‘limiga pasterellyoz yuqumli kasalligi sabab bo‘lgan.
“Gumonlanuvchining so‘zlariga qaraganda, u sayg‘oq shoxlarining bir kilogrammini eng kamida 50 ming tengega (270 dollar) sotishni mo‘ljallagan. Ularning jami og‘irligi o‘n kilogrammdan ortiqroqni tashkil etdi”, — deyiladi IIB xabarida.
Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchiga nisbatan jarima yoki axloq tuzatish ishlari, uch yilgacha ozodlikdan cheklash yoxud uch yilgacha qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.
Izoh (0)