O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan klassifikatori tasdiqlandi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Hukumat qaroriga binoan, yangilangan klassifikator 2015-yil 1-iyuldan kuchga kiradi. Klassifikator xizmatchilar lavozimlari va ishchilar kasblari nomlaridan foydalanish, shu jumladan mehnat daftarchalarida yozuvlarni qayd etish, mehnat shartnomalari tuzish, buyruqlarni rasmiylashtirish, lavozimlarni xodimlarning toifalariga kiritish yuzasidan respublikaning barcha tashkilotlarida qo‘llanilishi majburiy.Ishga qabul qilishda xodimlarning ma’lumoti darajasiga qo‘yiladigan eng kam talablar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan barcha davlat organlari va tashkilotlarida, xo‘jalik boshqaruvi organlarida, shuningdek ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda klassifikator qo‘llanilishi majburiy. Mehnat shartnomalari va ichki mehnat hujjatlarida 2015-yil 1-iyulgacha kiritilgan yozuvlar o‘z kuchini saqlab qoladi.
Izoh (0)