Internet tarmog‘i foydalanuvchilari bozorlarimizdagi odatiy rangda bo‘lmagan meva-sabzavotlar bo‘yicha suhbatlashmoqda, deb yozadi “Uz24.uz”.
Foydalanuvchilardan biri “Potrebitel.uz” guruhiga odatda qizil rangda bo‘ladigan tarvuzning sariq rangdagi rasmini joyladi. Uning yozishicha, bunday tarvuz Qashqadaryodan olib kelingan. Biroq poytaxt bozorlarida uning hali bor-yo‘qligi aniq emas. Aytilishicha, sariq tarvuz Yaponiya navidir.
Ba’zi foydalanuvchilarning fikricha, bu tarvuz qovun bilan chatishtirilgan yoki unga kimyoviy moddalar qo‘shilgan bo‘lishi mumkin. Tarvuzni tatib ko‘rganlar esa u mazali ekanligini aytmoqda.
Shuningdek, suhbatga qo‘shilgan boshqa foydalanuvchilar bozorlarimizda sariq rangli pomidor va malina ham borligini yozmoqda.
Izoh (0)