Rejissyorlik faoliyatini 1996-yilda Rustam G‘oyipovning “Qalbim to‘rida” qo‘shig‘iga klip ishlash bilan boshlagan Sa’dulla Abdullayev sohibqironga bag‘ishlangan film olmoqchi ekanligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
“Amir Temur — buyuk sarkarda, yetti yoshida Qur’onni yod olgan olim odam. 17 yoshida birinchi marta jang maydoniga kirib, umri davomida biror marta yengilmagan. Uni madh etib, faxrlansak arziydi. Gollivud darajasidagi film ishlashga harakat qilaman”, — dedi rejissyor.
Qayd etilishicha, Sa’dulla Abdullayev 1999-yildan buyon “Sen aziz va muqaddassan, ayol” dasturini tashkillashtirib keladi. U 2014-yilgi “E’tirof” mukofotlarini topshirish marosimiga rejissyorlik qilgan, shuningdek xonanda Ozodbek Nazarbekovning bu yilgi konsertini sahnalashtirgan.
Izoh (0)