Janubiy Koreyadagi yetakchi yangiliklar xizmati — Yonhap agentligi joriy yilning sentabr oyida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA)dan ikki nafar jurnalistni Koreya Respublikasida qabul qiladi. Bu haqda “12news.uz” xabar beradi.
O‘zbekistonning Seuldagi elchisi Botirjon Asadovning Yonhap agentligi rahbari Pak No Van bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida yuqoridagi mavzuda so‘z yuritildi.
O‘z navbatida Yonhap jurnalistlari avgust oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “Sharq taronalari” musiqiy festivalini yoritib borish uchun taklif etildi.
Izoh (0)