AQShning Alyaska shtati janubi-sharqida ekskursiya samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda sayohat tashkilotchisi Holland America Line kompaniyasiga asoslanib “RIA Novosti” xabar berdi.
Halok bo‘lgan samolyot Ketchikan shahridan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan Ella ko‘li yonidagi 240 metrli qoyada vertolyot yordamida aniqlangan. Halokat joyiga AQSh sohil qo‘riqlash xizmati va mahalliy qutqaruvchilar chaqirilgan.
Samolyot bortida 20-iyun kuni Sietldan yo‘lga chiqqan Westerdam kruiz kemasining sakkiz nafar yo‘lovchisi va bir nafar uchuvchi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.
Izoh (0)