Italiyaning Kyeti shahrida 91 yoshli Nikola Torello o‘rta maktabni tamomladi, deb xabar beradi The Local.
Nikolaning so‘zlariga qaraganda, u ko‘p ishlagani va to‘rt farzandi, hamda olti nafar nabirasini tarbiya qilganligi uchun bu ishni avvalroq bajara olmagan.
Bitiruv imtihonlarida uning qarindoshlari ham qatnashdi. Italiyalik pensioner imtihonda esse yozdi, matematikadan topshiriq bajardi va ingliz tili bo‘yicha og‘zaki imtihon topshirdi.
Pensioner yaqin kunlarda ta’lim olishni davom ettirishini va kompyuterdan foydalanishni o‘rganmoqchi ekanligini aytdi.
Izoh (0)