Qozog‘iston Mudofaa vazirligi katta ilmiy xodimi, fizika—matematika fanlari nomzodi Aset Durmagambetov o‘tkazgan tadqiqotlari natijasida Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan raketalar uchirilishi ob-havoga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqlaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, raketa uchirilmagan vaqtda ob-havo prognozlari to‘g‘ri chiqadi, raketa uchirilganda esa prognoz va voqelik o‘rtasidagi farq 50 foizgacha yetadi, minglab kilometrlik radiusda ob-havo o‘zgarib, namlik ortadi.Shuningdek, raketa uchirilishi natijasida elektromagnit maydonlarning ham o‘zgarishi sog‘liqqa juda jiddiy zarar yetkazishi natijasida insonlar o‘limga ham olib kelishi aytilgan. Olimning ta’kidlashicha, bu kosmik soha va stategik sherik — Rossiya bilan bog‘liq bo‘lgani tufayli tegishli muassasalar bu boradagi statistika ma’lumotlarni har doim ham taqdim etavermaydi.
Bundan tashqari, Durmagambetov bu Rossiya uchun ham muhim ekanligini ta’kidlagan. Olimning qayd etishicha, ob-havoda muvozanat saqlanadi — bir joyda namlik oshsa, yaqindagi boshqa joyda qurg‘oqchilik va o‘rmon yomg‘irlari sodir bo‘ladi.
Izoh (0)