Apple bosh direktori Tim Kuk kompaniya o‘z mahsulotlarini ishlab chiqishda va ularga ranglarni tanlashda xitoylik iste’molchilarning didlari inobatga olinganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “3Dnews.ru”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, smartfonlar assortimentiga tillarang metalni qo‘shish uning Katta Xitoy mintaqasi (Xitoy, Gonkong, Singapur va Tayvan) aholisi orasida ommabopligi bilan bog‘liq. Ushbu mintaqa 2015-yil yanvar—mart oylarida kompaniya daromadining 29 foizini ta’minlagan.
Qayd etilishicha, iPhone ishlab chiqarish 62,1 foizga oshirilib, 14,5 millionga yetkazilgach, Apple Xitoy bozorida eng yirik smartfon yetkazib beruvchiga aylangan. Kompaniyaning Xitoy bozoridagi ulushi 14,7 foiz (o‘tgan yili 8,7 foiz) ni tashkil etgan bo‘lsa, Xiaomi 13,7 foiz, Huawei 11,4 foiz, Samsung 9,7 foizni egallagan.
Izoh (0)