Pokiston bosh vaziri Navaz Sharif Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy boshqarmasiga Sind viloyatidagi holat bo‘yicha favqulodda choralar ko‘rish haqida buyruq berdi. U yerda jazirama natijasida 700 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RBK”.
Boshqarmaning ta’kidlashicha, issiqlikdan jabrlangan mamlakat aholisiga tezkor yordam punktlarini tashkil etish uchun Pokiston armiyasi ham jalb etiladi.
Sind viloyatining sog‘liqni saqlash vaziri Mangneyoning so‘zlariga qaraganda, oxirgi to‘rt kun mobaynida davlat shifoxonalarida 612 kishi, xususiy shifoxonalarda esa 80 kishi vafot etdi.
Izoh (0)