Dunyodagi eng katta shokoladli rasm Boku muzeylaridan birida o‘rnatilgan bo‘lib, u shaharda o‘tkazilayotgan Yevropa o‘yinlariga bag‘ishlangan, deb xabar beradi “TASS” shokoladli ko‘rgazma tashkilotchisi Andrey Leyn ma’lumotiga tayanib. Barcha taqiqlarga qaramasdan, mahalliy shirinlikxo‘rlar uning mazasini bilishga intilmoqda.
“Nikolya shokolad ko‘rgazmasi” Bokuda Yevropa o‘yinlari boshlanishidan yarim oy avval ochilgan edi. Unga allaqachon 15 ming kishi tashrif buyurdi. Ko‘rgazmaning asosiy bezagi 215 kilogrammli ulkan shokoladli rasm bo‘lib, unda Ozarbayjon, Boku va birinchi Yevropa o‘yinlari ramzlari tasvirlangan.
Dunyodagi eng katta shokoladli rasmni yaratuvchilar uni Ginnessning Rekordlar kitobiga kiritish uchun ariza berdi.
Izoh (0)