Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich 2014-yil fevralida o‘zining lavozimidan chetlatilishiga olib kelgan Kiyevdagi Maydonning o‘qqa tutilishidagi javobgarligini inkor etmasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Men o‘z javobgarligimni inkor etmayman. Men o‘qotar qurol ishlatish bo‘yicha hech qanday topshiriq bermaganman. Bu mening vakolatimga kirmaydi. Men har qanday kuch ishlatilishiga qarshi edim, o‘qotar qurol ishlatishni gapirmasa ham bo‘ladi, men qon to‘kilishiga qarshi edim. Biroq xavfsizlik kuchlari mavjud qonunlar bo‘yicha o‘z vazifalarini bajaradi. Ularning qurol ishlatish huquqi bor edi”, — dedi Yanukovich.
Avvalroq, Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich o‘z hayotini qutqarib qolgani uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putindan minnatdor ekanligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)