Samsung Galaxy S6 va S6 Edge smartfonlarini reklama qiluvchi rolik chiqardi. Unda selfi-tayoq egalari masxara qilindi, deb xabar beradi CNET.
Ushbu rolik ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab noroziliklarni keltirib chiqardi. “Odamlar kadrga sig‘ish uchun baliqlardek bir joyga to‘planib olib, g‘or odamlari kabi tayoqlarini silkitadi”. Rolikdagi ushbu jumla noroziliklarga sabab bo‘ldi. Kadrlardan birida eskirgan modeldagi Samsung smartfoni aniq ko‘ringan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ta’kidlanishicha, bunday murojaat eski modeldagi Samsung smartfoni sohiblarini S6 va S6 Edge smartfonlarining kengburchakli old kameralari haqida emas, o‘zlarining zamondan orqada qolganligi haqida o‘ylashga undaydi.
Izoh (0)