Hindiston g‘arbidagi Maxarashtra shtatida joylashgan Neral shahrida aholi yashaydigan uyning devorlari qulab ketdi. Natijada besh kishidan iborat oila halok bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS” IANS agentligi ma’lumotiga tayanib.
Uy devori mahalliy vaqt bo‘yicha 5:30 da, hamma uxlayotgan paytda qulab ketdi. Politsiya ushbu hodisani hududda bir necha kundan buyon to‘xtamayotgan jalaning oqibati deb hisobladi.
Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish xizmatining ta’kidlashicha, bunday holatlar sifatsiz qurilish ashyolaridan foydalanish natijasida kelib chiqadi.
Izoh (0)