Qozog‘istonning Chimkent shahrida 30 dan ortiq kishi qoraqurt chaqishidan jabrlandi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Toksikolog shifokorlar bemorlarga xizmat ko‘rsatishga zo‘rg‘a ulgurmoqda. Ularning ta’kidlashicha, bu yil qoraqurtdan jabrlanganlar o‘tgan yil yozidan uch marta ko‘proqdir. Qoraqurt chaqqan kishilardan biri hamon jonlantirish bo‘limida, 11 kishi esa oddiy bo‘limga o‘tkazildi.
Qoraqurt chaqqan kishida chidab bo‘lmas og‘riq boshlanib, nafas olish qiyinlashadi, chanqash alomatlari kuzatiladi. Uncha katta bo‘lmagan, orqa tomonida qizil dog‘lari bo‘lgan ushbu qora o‘rgimchak, katta muammolarni keltirib chiqaradi. Undan jabrlanganlar zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi lozim.
Izoh (0)