“Aeroflot” aviakompaniyasining Parij — Moskva reysidagi yo‘lovchi ayol samolyotda janjal chiqardi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Mast ayol samolyot salonida politsiya xodimlari bilan aytishib qoldi. U ingliz tilida juda yomon talaffuz bilan Vladimir Putin ularni o‘ldirishini aytdi. Samolyot yo‘lovchilarining ma’lumot berishicha, ayolning ushbu qiliqlari sababli aviareys bir soatga ushlanib qoldi. Janjal sababchisi esa samolyotdan tushirib qoldirildi.
Ushbu reys 19-iyun kuni 23:30 da Parijdan Moskvaga uchishi kerak edi.
Izoh (0)