21 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan norvegiyalik terrorchi Anders Breyvik Oslo universitetining siyosatshunoslik fakultetida sirtdan o‘qish uchun hujjat topshirdi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda”.
Norvegiya qamoqxonalari mahbuslari agar barcha talablarga javob bersa va boshqa nomzodlar bilan raqobatdan o‘tolsa oliy ta’lim olish huquqiga ega. Oslo universiteti rektori Ole Peter Ottersenning so‘zlariga ko‘ra, Breyvik qabul qilingan taqdirda, qamoqxona qoidalari unga talabalar va professorlar bilan aloqada bo‘lishga ruxsat bermaydi, internet orqali ham universitet bilan aloqa qilolmaydi, o‘qish qamoqxonada unga biriktirilgan kishi orqali amalga oshiriladi. Breyvikning qabul qilingani yoki qilinmagani 20-iyul kuni ma’lum bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Anders Breyvik 2011-yilda Oslo markazida tashkillashtirgan va amalga oshirgan terakti oqibatida 77 kishi halok bo‘lib, 151 kishi jarohat olgan. 2012-yilda u 21 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan, bu jazo cheklanmagan marta yangilanishi mumkin.
Izoh (0)