“Yura davri olami” filmidagi aktyor Kris Prettning qurolsiz qahramoni uchta dinozavrni tinchlantirayotgani aks etgan sahnani tomoshabinlar turli hayvonlar ishtirokida takrorlab ko‘rmoqda, deb xabar berdi Meduza.
Feminders blogi mualliflardan biri xuddi shu sahnani hayvonot bog‘ida morjlar bilan “o‘ynagan” erkak suratini chiqargan.
Keyinroq, xuddi shunday suratlar maxsus #JurassicZooKeeper xeshtegi bilan avval ham chop etilgani ma’lum bo‘lgan. Jumladan, o‘rdaklar, tuyaqushlar va tovuqlar kadr qahramonlariga aylangan.
Izoh (0)