Rossiyalik xonanda Polina Gagarinaning 2015-yil 28-fevral kuni Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida o‘tkazgan konserti reklamasida qo‘shiqlar jonli ijro etilishi aytilgani bois Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi doimiy ishchi guruh tekshiruv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
O‘tkazilgan tahlil davomida konsert 28-fevral kuni soat 19:20 da boshlanib, 21:11 da yakunlangani, sahnada to‘rt nafar musiqachi va yettita musiqa asbobi bo‘lgani, 20 ta qo‘shiq ijro etilib, ular asosan fonogramma orqali kuylangani aniqlangan.
Konsert tashkilotchisi bo‘lgan Eldorado Production MChJ “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 6 va 13-moddalarida ko‘zda tutilgan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygani qayd etildi. Kompaniyaga bu kabi holatlar kelajakda takrorlanmasligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, uning rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-moddasiga binoan ish ochilgan.
Izoh (0)