Ozarbayjon yo‘l politsiyasi yo‘l harakati qoidalarini buzuvchi ashaddiy qoidabuzarlarga qarshi kurashda yangi usulni qo‘llash niyatida. Bu haqda “1news.az” Ichki ishlar vazirligi yo‘l politsiyasi bosh boshqarmasi matbuot kotibi, polkovnik Kamron Aliyev ma’lumotlariga tayanib xabar beradi.
Qoidabuzarlarning ro‘yxatini ommaviy axborot vositalarida doimiy ravishda chop etib turish rejalashtirilmoqda.
“Ro‘yxatda qoidabuzarning ismi, sharifi va otasining ismi, shuningdek avtomashinasining davlat raqami va markasi ko‘rsatiladi. Bunday tajriba dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mavjud”, — deydi Aliyev.
Izoh (0)