17-iyun kuni Indoneziyaning Yava orolida joylashgan kurort plyajlaridan birida qoyaning qulab ketishi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Newskaz.ru”.
Gunung-Kidul okrugidagi qutqaruvchilarning ma’lumotlariga qaraganda, Sadranan plyajidagi 15 metrlik qoya bo‘laklari ostida yana olti kishi bo‘lishi mumkin. Qutqaruvchilar uyumlarni ochishda davom etmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, qurbon bo‘lganlar qo‘shni okruglik mahalliy sayyohlar bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)