Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi Facebook tarmog‘idagi sahifasi orqali AQShga viza berilishi vaqtincha to‘xtatilganiga izoh berdi.

Facebook / U.S. Embassy Tashkent

Facebook / U.S. Embassy Tashkent

“Shu kunlarda, AQSh Davlat Departamenti Konsullik Masalalari Byurosining viza tizimlarida texnik muammolar ro‘y beryapti. Mazkur nosozlik muayyan mamlakat yoki viza toifasi bilan cheklanmagan. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va texnik muammolarni zudlik bilan hal etish hamda tizimlarimizning to‘la qonli ishini tiklash ustida ish olib boryapmiz.

Hozirgi vaqtda biz 2015-yil, 8-iyundan keyin ma’qullangan immigratsion va noimmigratsion vizalarning aksariyatini chop eta olmayapmiz. Shuningdek, DS-160 Internet-anketalarini 2015-yil, 9-iyundan keyin to‘ldirgan noimmigratsion vizalarga murojaat etuvchilar o‘zlari belgilagan kunda suhbatdan o‘ta olishlariga kafolat bera olmaymiz. Agar safar rejalaringiz suhbatingiz kunini iyul yoki avgust oyigacha qoldirishga imkon bersa, sizga suhbatingiz kunini o‘sha vaqtga o‘zgartirishingizni tavsiya etamiz.

2015-yil, 26-maydan 14-iyungacha bo‘lgan davrda chet eldagi vakolatxonalarimizda qabul qilingan AQSh pasportiga murojaatlarni ma’qullash ham shu muammolar ta’siriga uchraydi. Agar shu davrda AQSh pasportiga murojaat etgan bo‘lsangiz va keyingi 10 ish kuni ichida zarur safarga ketishingiz shart bo‘lsa, shoshilinch pasport olish tartibini bilish uchun AQSh elchixonasi bilan consulartashkent@state.gov manzili orqali yoki +99871-120-5450 telefon raqami orqali bog‘laning”, — deyiladi AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh viza berishni jahon bo‘ylab vaqtincha to‘xtatgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindlar tomonidan vayron qilingan Bobur masjidi, Monrealdagi politexnika institutidagi qizlarning o‘ldirilishi va Moskvada portlovchi moddalar ortilgan vagon halok...
Dunyo
Rossiya Ukrainaga 70 ta raketa bilan zarbalar berdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Farg‘onada profilaktika inspektori o‘zini otib qo‘ydi