“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi o‘zbek xonandalari qo‘shiqlari orasida plagiat qayd etilgani haqidagi tanqidlarga javob qaytardi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Avvalroq, Sardor Rahimxonning 2014-yil yakunlariga ko‘ra “Yil qo‘shig‘i” deb topilgan “Malikam” taronasi chet el xonandalaridan ko‘chirilgani, Bahrom Nazarovning “Pari-pari” qo‘shig‘i arman vokalisti Silva Xakobyandan ko‘chirilgani xabar qilingan edi.
“Estrada birlashmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga, “Mening yurtim” telekanaliga va xususiy radiokanallarga plagiat qo‘shiqlarni efirga qo‘ymaslik to‘g‘risida rasmiy maktub yo‘llangan. Bu qarorning ijrosi ham nazoratga olingan. Bahrom Nazarovning “Pari-pari” qo‘shig‘i efirdan olingach, u qo‘shiqning haqiqiy muallifidan olingan rasmiy ruxsatnomani taqdim etdi va biz buni telekanallar rahbariyatiga yozgan maktubimizga ilova qildik. Sardor Rahimxon esa internet orqali bizni qo‘shiqning haqiqiy muallifi bilan bog‘lab, tegishli ruxsatnoma olganini isbotlagach, biz qo‘shiqni televideniye va radioda qo‘yilishiga ruxsat berdik”, — dedi “O‘zbeknavo” boshqaruv raisi Odiljon Abduqahhorov.
Izoh (0)