O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi “Angren—Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi hududida yashovchi aholiga kompensatsiya mablag‘lari ajratish to‘g‘risida” qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Qarorda aytilishicha, Namangan viloyati hokimligi tomonidan “Angren—Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘l hududida joylashgan turar joylar va yer uchastkalari egalariga 4,1 milliard so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovlari belgilangan tartibda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinadi.
Namangan viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining “Angren—Pop” temir yo‘l qurilishi hududida joylashgan turar joylar va yer uchastkalari egalariga qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash hisobiga Namangan viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining maxsus hisob raqamiga tushgan mablag‘lardan ikki milliard so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovlari to‘lash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan.
Mablag‘lar Namangan viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining maxsus hisob raqamidan Namangan viloyati hokimligining maxsus hisob raqamiga o‘tkazilib, hokimlik ulardan maqsadli foydalanishni ta’minlashi belgilangan.
Izoh (0)