Angliyalik sobiq futbolchi Devid Bekxem rejissyor Gay Richining qirol Artur va Aylana stol ritsarlari haqidagi britan eposi mavzusidagi filmida suratga tushadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
2013-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Bekxemga ikkinchi darajali rol nasib etgan bo‘lsa ham, u Ekskalibur qilichini toshdan sug‘urib olish tasvirlangan sahnada muhim o‘rin tutadi.
Olti qismdan iborat bo‘lishi rejalashtirilayotgan seriyaning birinchisi bo‘ladigan film 2016-yil iyulida ekranlarga chiqishi kutilmoqda. Filmda Jud Lou, Erik Bana, Annabell Uollis, Keti Makgrat, Poppi Delevin va Charli Xannem singari aktyorlar rol o‘ynaydi.
Izoh (0)