FIFA va uning prezidenti Yozef Blatter haqidagi “Orzu ligasi” filmi AQSh prokatida bor-yo‘g‘i 607 dollar keltirdi, deb xabar beradi “Stadion.uz” sayti Hollywoodreporter nashriga tayanib.
Lenta 10 ta kinoteatrda namoyish etildi. Los-Anjelesdagi premyeraga ikki kishi keldi, Finiksdagi namoyishda bitta chipta sotildi. Eslatib o‘tamiz, film byudjeti 24 million yevro bo‘lib, unga FIFAning o‘zi 22 million dollar ajratgan.
Yozef Blatter rolida Tim Rot o‘ynagan, shuningdek, filmda Jerar Depardye tashkilotning uchinchi prezidenti Jyul Rime rolini ijro etgan. Film Blatterning iste’fosidan bir necha kun o‘tib namoyish etilgan.
Izoh (0)