Yevropa politsiyasi Ispaniya, Polsha va Italiyadan 49 kishini Yevropa banklari hisoblaridan 1 million yevro o‘g‘irlashga aloqador deb gumon qilib hibsga oldi, deb xabar beradi Reuters ma’lumotlariga tayanib “RBK”.
Ushbu kiberjinoyatni tergov qilish davomida politsiya qisqa vaqt ichida o‘g‘irlangan yana 6 million yevro miqdoridagi xalqaro firibgarlik faktini aniqladi.
Asosan Nigeriya va kamerunlik bo‘lgan gumonlanuvchilar noqonuniy yo‘l bilan topilgan pullarni Yevropa Ittifoqidan tashqariga “pul yuvish”ning murakkab tarmog‘i orqali yuborib turgan.
Izoh (0)