2015-yilning yozi qanday bo‘ladi: jaziramami yoki sovuq, quruqmi yoki seryomg‘ir? Iste’molchida tabiatning injiqliklaridan qat’iy nazar, o‘z uyida qulay muhitni ta’minlash uchun imkoniyat mavjud. Haier iqlim tizimlarining yangi modellarini taklif etishga shay. Gap Haier’ning 2015-yilda barcha an’anaviy qator 9000, 12 000, 18 000 va 24 000 BTE ni egallab oladigan Nebula seriyasidagi konditsionerlari haqida ketmoqda.
Maksimal darajadagi qulaylik
Haier’ning Nebula seriyasida amalga oshirilgan texnik taraqqiyot shovqin darajasini yanada pasaytirish imkonini berdi. 9000 BTE quvvatiga ega split-tizimdagi Quiet maxsus ovozsiz tizim faoliyatida u atigi 20 dB(A)ni tashkil etadi.Sog‘lig‘ingiz himoyasida
Yangi modellarda xonada maksimal darajadagi sog‘lom muhitni yaratishga qaratilgan keng doiradigi chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Nebula seriyasidagi yangi konditsionerlarning samarali filtrini olaylik, u xonaga mayda chang va hashoratlarning kirishiga to‘sqinlik qiladi, buning uchun uning hujayrasi hajmi shu qadar kichraytirildiki, natijada filtr samaradorligi 40 foizga ortdi. Bundan tashqari, u ko‘p qatlamga ega bo‘ldi: unda endilikda bakteriyalarni o‘ldiradigan, fotokatalitik va faol ko‘mirga ega qavatlar bor.Konditsionerlarda o‘rnatilgan Nano-Aqua generatorlari suv molekulalarini quvvat olgan ionlar H+ va O2– ga aylantiradi. Sodir bo‘lgan kimyoviy reaksiya natijasida OH yoki H2О2 birikmalari vujudga keladi, u bakteriyalarning molekulyar tuzilishini o‘zgartirib, o‘ldiradi.
Haier’ning maxsus ishlanmasi: О2 Fresh tizimi xonani tashqi musaffo havo bilan ta’minlaydi. Tashqi havo О2 Fresh qurilmasiga so‘riladi, so‘ngra hajmi 30 kub metr/soat bo‘lgan maxsus havoo‘tkazgich orqali xonaga kelib tushadi.
Nebula seriyasidagi konditsionerlarning yana bir original elementi – ichki blokda o‘rnatilgan, katta quvvatga ega bo‘lgan ultrabinafsha lampasidir. U uzunligi 254 mm bo‘lgan nurlarni yaratadi. Mikroorganizmlar hujayralariga osonlik bilan joylashib olib, ularning to‘qimalari bilan fotokimyoviy reaksiyaga kirishadi, bu esa natijada bakteriyalarni o‘ldiradi yoki ularni ko‘payish qobiliyatidan mahrum etadi.
Tashqaridagi ob-qavoga qaramay
Nebula seriyasidagi yangi konditsionerlar konstruksiyasi tashqi havoning eng past harorati (-15 °C gacha)da ham sovutish yoki isitish rejimida ishlash imkoniyatini beradi.Doimiy tok agregatlaridan foydalanilishi va xladagent sirkulyatsiya konturining optimallashtirilishi energiya samaradorligining A++ darajasiga erishish imkonini berdi. Shuning uchun yangi Haier modellari oddiy inventor konditsionerlarga qaraganda ancha kam elektr quvvatini sarflaydi.
Ishonchlilik, tejamkorlik , qulaylik
Haier ikkitalik rotor kompressorlarida maxsus magnitlardan foydalanilgan bo‘lib, u an’anaviy agregatlarga qaraganda 10 marta kuchliroq. Kompressor samaradorligini oshirish evaziga quvvat manbaidan keluvchi elektr quvvatini sarflashni pasaytirish va foydali quvvatni oshirishga erishilgan. Aynan shu tufayli konditsioner kuchlanishning 150V dan 254V gacha bo‘lgan keng diapazonda ishlashi mumkin!Haier’ning yangi konditsionerlari bug‘latgichida zanglashga qarshi yuqori gidrofil xususiyatga ega bo‘lgan va zanglashga chidamli bo‘lgan Blue Fin yangi avlod qoplamalaridan foydalanilgan. Bu esa quvvatni tejab, konditsioner xizmat ko‘rsatish davrini uzaytiradi.
Tejamkor, samarali, eng oldi texnologiyalardan foydalanilgan Nebula seriyasidagi yangi Haier konditsionerlari 2015-yilda bizni tabiatning qanday injiqliklari kutayotganidan qat’iy nazar uyimizda qulay sharoitni yaratadi.
Haier’dan kutilmagan sovg‘a!
Haier kompaniyasi o‘z mijozlarini lol qoldirishga shay: 2015-yilning 1-mayidan 31-iyuligacha bo‘lgan davrda Haier konditsioneri sotib olinsa, u BEPUL o‘rnatib beriladi.Batafsil ma’lumot uchun +998 (90) 909-35-83 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Mahsulot sertifikatlangan.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)