O‘zbekiston hukumati 2-iyun kuni boshoqli don ekinlarining yangi xarid narxlarini tasdiqladi. Bu haqda Review.uz xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, 3 klassli yumshoq bug‘doyning har tonnasi uchun 460 ming so‘m miqdorida xarid narxi belgilandi. 2014-yili bir tonna shunday bug‘doyning qiymati 418 ming so‘mga teng edi.
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasiga va “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishni ta’minlash haqida ko‘rsatma berilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston bug‘doy yetishtirish ko‘rsatkichlarini yildan-yilga oshirmoqda. Jumladan, 2011-yili 6,8 million tonna g‘alla (6,6 million tonna bug‘doy), 2012-yili 7,1 million tonna (6,7 million tonna bug‘doy), 2013-yili 7,6 million tonna g‘alla (6,7 million tonna bug‘doy), 2014-yili esa 8 million tonnadan ortiq g‘alla yetishtirilgan.
Izoh (0)