Malayziyaning Sabah shtati gubernatori Tan Sri Jozef Payrin ikki kanadalik, ikki gollandiyalik va bir germaniyalik sayyohni 5-iyun kuni Kinabalu tog‘ida sodir bo‘lgan 5,9 magnitudali zilzilani chaqirganlikda aybladi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Uning fikricha, 13 kishining hayotiga zomin bo‘lgan tabiat hodisasi rivoyatlarga ko‘ra mahalliy kadazan-dusun xalqlari ajdodlarining ruhi yashashi aytilgan “muqaddas tog‘larni sayyohlar bulg‘agani” sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, sayyohlar zilziladan bir hafta oldin toqqa chiqib, u yerda yalang‘och holatda suratga tushib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Payrinning fikricha, aynan shu harakat zilzilaga sabab bo‘lgan. Kadazan-dusunlar oliy yetakchisi sayyohlarning bu ishlarini qoralab, ularni “madaniyatsizlar” deb atagan va aybdorlarni mahalliy odatlarga ko‘ra jazolashga chaqirgan.
Izoh (0)