Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘istonning Chimkent shahridagi 1-perinatal markazi xodimlari chaqaloqlarni sotishda ayblanmoqda, deb yozadi “Nur.kz”. Ular onalari tashlab ketgan go‘daklarni 1—3 ming dollardan pullagan.

Foto: nur.kz

Foto: nur.kz

Prokuraturadagilar xabariga ko‘ra, ayni paytda ikki kishiga nisbatan hibsga olish uchun sanksiya berilgan, biroq bu ishlarni amalga oshirishda bir guruh kishilar qatnashgan, qolganlar bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Chaqaloqlar uchun turli sabablarga ko‘ra farzandli bo‘la olmaydigan oilalar topilgan, shu bilan birga, asrab oluvchi ayollarga ular perinatal markazida tuqqanligi haqida hujjat rasmiylashtirilgan.

Hozirgacha 10 ta bunday holat aniqlandi. Prokuratura xodimlari aytishicha, bu ko‘rsatkich oshishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)