“Miss Etno—2015” go‘zallik tanlovining ishtirokchilari Astraxan viloyatining milliy-madaniy uyushmalari vakillari bo‘lib, ular orasida o‘zbek, ozarbayjon, arman, gruzin, tatar va boshqa millatga mansub qizlar bor, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
O‘zbek madaniyatini “O‘zbekiston” milliy-madaniy jamoatchilik tashkilotining Astraxan viloyati faoli Shahnoza Polvonova taqdim etdi. U “Mukammallik timsoli” nomiga loyiq topildi.
Ishtirokchi qizlar 5 nominatsiya bo‘yicha baholandi: “Tashrif”, “Milliy libosda chiqish”, “Ijodiy ish”, “Milliy taomlar namoyishi” va “Oqshom libosida chiqish”.
Izoh (0)