Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avstriya yoshlar terma jamoasi (U-20 ) bosh murabbiyi Andreas Xeraf, O‘zbekiston U-20 haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

Foto: the-uff.com

Foto: the-uff.com

Ta’kidlash joizki, Yangi Zelandiyada davom etayotgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Ravshan Haydarov jamoasi aynan Avstriya yoshlariga qarshi maydonga tushadi.

Guruh bosqichining so‘nggi tur uchrashuvida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Fiji ustidan yirik — 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu o‘yinni avstriyaliklar murabbiyi stadiondan tomosha qildi va o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Kelasi o‘yindagi raqibimiz O‘zbekiston bo‘ladi. Ushbu jamoa tartibli o‘yin namoyish etadi va tarkibida ko‘plab individual mahorati yuqori bo‘lgan yaxshi futbolchilari bor ekanini ham alohida ta’kidlagan bo‘lardim. Futbolchilar to‘p bilan yaxshi muomala qila oladi va yaxshi texnik ko‘rsatkichlarga ega. Bizga qarshi o‘yinda O‘zbekiston ochiq futbol namoyish etsa kerak. Jamoa ko‘p gol ura oladi, ammo shu bilan birga ko‘p o‘tkazib ham yuboryapti. O‘ylaymanki, bizning ular bilan o‘zaro o‘yinimizda kamroq xato qilgan jamoa g‘alaba qozonadi”, — deydi Andreas Xeraf.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Avstriyaga qarshi o‘yini 11-iyun kuni, Toshkent vaqti bilan 09:00 da boshlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?