Istanbul xalqaro aeroportida Turkish Airlines aviakompaniyasining Nyu-Yorkka uchadigan samolyoti hojatxonasidan laynerda bomba bo‘lishi mumkinligi haqida yozilgan maktub topildi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Shundan keyin Boeing samolyoti xavfsizlik hududiga o‘tkazilib, yo‘lovchilar salonni tark etgan va politsiya tekshiruv boshlagan.
Qayd etilishicha, bu Turkish Airlines yo‘lovchi samolyotlarida bomba bo‘lishi mukinligi haqida bir sutka ichida qoldirilgan beshinchi xabar bo‘lgan.
Izoh (0)