Turkiyaning Diyorbakir viloyatida yuz bergan portlash natijasida ikki kishi halok bo‘ldi va 100dan ortiq odam tan jarohati oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kurdlarning Xalq demokratiyasi partiyasining saylovoldi uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilayotgan maydonda bir necha oraliq farq bilan ikkita portlash yuz bergan.
Hodisa natijasida jabrlanganlar shahar kasalxonalariga yetkazilgan, ba’zilarning ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda.
Politsiya mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlarini boshlagan, hozirgi vaqtda turli taxminlar, xususan, terakt versiyasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Turkiya bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘lu hodisa sabablarini aniqlanishi ma’lum qildi.