Xitoy 2015-yilda yana 13 ta sun’iy yo‘ldosh uchiradi, ular BeiDou milliy navigatsiya tizimini to‘ldiradi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” loyihani kengaytirayotgan China North Industries Group Corporation kompaniyasi direktori Su Syaodunga tayanib.
“Xitoy bugungi kunda 14 ta sun’iy yo‘ldoshdan iborat tizimini sinovdan o‘tkazmoqda, ular butun Tinch okeani mintaqasini qamrab oladi. Bu yil yana 13 ta yo‘ldosh uchiriladi, shulardan uchtasi yaqin haftalar ichida parvoz qiladi, bu uzoq bo‘lmagan kelajakda butun dunyo bo‘yicha sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi xizmatini ko‘rsatish imkonini beradi”, — dedi direktor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, BeiDou 10 metr aniqlikda ishlaydi, obyektlarni topish tezligi esa 30 soniyaga teng. Navigatsiya xizmatlaridan tashqari, tizimni xabar jo‘natish va qabul qilish uchun qo‘llash mumkin.
Izoh (0)