Toshkent viloyati hokimiyati saytida ochiq ma’lumotlar bo‘limining sinov versiyasi ishga tushirildi, deb xabar bermoqda “ICTNews.uz”.
Hozirda bo‘limga shahar va tumanlar kesimida mahalliy byudjet bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot, yalpi mintaqaviy mahsulot, qurilish, kommunal xo‘jalik, sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy himoya, bolalar bog‘chalari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, OTM, ish bilan ta’minlash markazlari, buyum va dehqon bozorlari, mehmonxonalar, bog‘lar, madaniyat saroylari haqida ma’lumotlar kiritilgan.
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi axborot xizmati xabariga ko‘ra, yoz oylarida sayt dizaynini o‘zgartirish va resursni yanada rivojlantirish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)