“Internasional” yarim himoyachisi Aleks o‘yin boshlanmasidan oldin sariq kartochka oldi, deb xabar beradi “Segodnya”.
Aleks Braziliya chempionatining 5-turidagi “Palmeyras”ga qarshi o‘yin oldidan avvaliga hakam bilan tortishdi, keyin esa referining uchrashuvni boshlash uchun bergan ko‘rsatmasini bee’tibor qoldirdi. Bu harakati uchun xavbek hakam tomonidan ogohlantirish oldi.
Butun jamoa referini bu qaroridan qaytarishga urindi, ammo u o‘z qarorini o‘zgartirmadi.
https://youtu.be/tEozraLlvgI
Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.
Izoh (0)