5-iyun kuni O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilgan talaba qizlar o‘rtasida turnirga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
“Bunyodkor” FK majlislar zalida Yoshlar o‘rtasidagi JCh-2015 “F” guruhi 2-tur Germaniya — O‘zbekiston uchrashuvidan so‘ng bo‘lib o‘tgan marosimda Toshkent shahridagi 8 oliy o‘quv yurti ishtirok etishi aniqlab olindi va jamoalar guruhlarga ajratildi.
Talaba qizlar futboli. Qur’a natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:
A guruhi:1. Toshkent neft va gaz universiteti (Neft-gaz)2. Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur)3. K.Bekzod nomidagi san’at va dizayn instituti (K. Bekzod)4. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)
B guruhi:1. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedogogika universiteti (TDPU, Nizomiy)2. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU)3. Toshkent tibbiyot akademiyasi (ToshTA)4. INHA universiteti
Uchrashuvlar o‘tkazilish vaqti esa quyidagicha:
A guruhi22-iyun: Neft-gaz — Singapur, K. Bekzod — TATU23-iyun: Neft-gaz — K. Bekzod, Singapur — TATU24-iyun: Singapur — K. Bekzod, TATU — Neft-gaz
B guruhi22-iyun: Nizomiy — O‘zDJTU, ToshTA — INXA23-iyun: Nizomiy — ToshTA, O‘zDJTU — INXA24-iyun: O‘zDJTU — ToshTA, INXA — Nizomiy
Guruh bahslaridan so‘ng har bir kvartetdan eng yaxshi natija qayd etgan ikki jamoa turnirning 1/2 finalga yo‘l oladi.
Yarim final uchrashuvlari 26-iyun kuni bo‘lib o‘tsa, hal qiluvchi bellashuv 28-iyun soat 19:00 da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi.
Izoh (0)