AQShning Michigan shtati sudi Mittsi Nelsonga ikki yillik shartli va olti oylik qamoq jazolarini, jamoatchilik ishlari, 15,5 ming dollar miqdoridagi tovon va bir nechta jarima belgiladi, deb xabar bermoqda “TJournal.ru”.
Qayd etilishicha, 2014-yil kuzida 23 yoshli Nelson mashina boshqarayotib o‘z telefoniga kirishib ketgani tufayli barcha qoidalarga amal qilgan holda velosipedda kelayotgan, ikki bolaning onasi bo‘lgan ayolni urib yuborgach, u olingan jarohatlar tufayli halok bo‘lgan.
Yuqoridagi jazolardan tashqari qizga halok bo‘lgan ayol Jillning turmush o‘rog‘i Jordan Bilichning taklifi bilan ikki yil davomida uyali telefondan foydalanish taqiqlab qo‘yilgan. Mittsining advokati o‘z mijozi ushbu qaror yuzasidan shikoyat qilmoqchi emasligini bildirgan.
Izoh (0)