Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi O‘zbekistonda gaz qazib chiqarish hajmini 2018-yilga borib to‘rt martaga — 16 milliard metr kubgacha oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi UzDaily.
Kompaniya rahbari Vagit Alekperovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov mamlakat hududidagi eng yirik gaz konlaridan biri bo‘lgan Qandim konidan foydalanish bo‘yicha loyihani rivojlantirishni tasdiqlagan.
Alekperovning ta’kidlashicha, hozirda “Lukoyl” O‘zbekistonda 4 milliard metr kub gaz qazib chiqaradi. 2018-yilda Qandim konidagi loyiha ishga tushirilgach, bu ko‘rsatkich 16 milliard metr kubga yetishi qayd etilgan.
Izoh (0)