O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, 6-iyunga borib O‘zbekistonda havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda, deb xabar berdi “Anons.uz”.
Farg‘ona vodiysidan tashqari O‘zbekistonning barcha hududlarida harorat 42 darajagacha ko‘tariladi. Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlarida esa harorat 38 darajadan oshmaydi.
Meteorologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxt Toshkent shahrida biroz bulutli havo kuzatiladi va harorat 38 darajagacha chiqadi.
Izoh (0)