Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘-chang‘i kompleksiga olib boruvchi avtomobil yo‘li ta’mirdan chiqarildi. Bu haqda “O‘zavtoyo‘l” DAK rasmiy sayti xabar berdi.
“O‘zavtoyo‘l” DAK tizimiga kiruvchi Toshkent viloyatidagi Qibray va Bo‘stonliq tumanlari yo‘l xo‘jaligi pudrat-ta’mirlash foydalanish korxonalari tomonidan viloyat hududidan o‘tuvchi 4K-700 “Toshkent—O‘nqo‘rg‘on—Yonariq” avtomobil yo‘lining 2—6-kilometrlari oralig‘ida va 4R6 “Toshkent shahri—Chirchiq shahri—Chimyon qishlog‘i” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lining 56—66 va 76—92-kilometrlari oralig‘ida to‘liq va joriy ta’mirlash hamda saqlash ishlari bajarildi. Bu esa Toshkentdan Chimyonga olib boruvchi hududlarga to‘g‘ri keladi.
Asosiy maqsad — avtomobil yo‘llarining holatidan kelib chikib, yo‘lning qatnov qismini yaxshilash, avtomobillar harakatini to‘xtovsiz tashkil etish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashdir. Shu maqsadda avvalo yo‘lning qatnov qismini yaxshilanib, yangi qoplamalar o‘rnatish, temir-beton to‘siqlar va lotoklarni yangilash, obodonlashtirish, yo‘l belgilarini yangilash kabi va boshqa ishlar amalga oshirildi.
Qayd etilishicha, bu yo‘nalishdagi ta’mirlash ishlari bugun ham davom etmoqda.
Izoh (0)