Hindistonlik milliarder, “plastika qiroli” nomi bilan tanilgan Bxanvarlal Joshi o‘zining barcha boyligidan voz kechib, jaynizm dini rohibi bo‘lishga qaror qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Diksha nomi bilan ataladigan marosim o‘ta dabdabali tarzda o‘tkazilgan. Unda 1000 nafar sadxu (“muqaddas kishilar”) va 150 mingga yaqin tomoshabinlar, jumladan mamlakatning yirik ishbilarmonlari qatnashdi. 58 yoshli Joshi jaynizm ustozi Gunratni Surishvarji Maxarajning shogirdiga aylanib, Bxavyaratna Vijay Maxarajsohib nomini oldi.
Boyligi 6 milliard rupiya (100 million dollar) ga baholangan Joshining so‘zlariga ko‘ra, u jaynizmni qabul qilish istagini 1982-yilda bildirgan, biroq oilasini ko‘ndirish uchun 33 yil vaqt ketgan. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, jaynizmga 5—6 million kishi e’tiqod qilishi aytilgan.
Izoh (0)