O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qancha lavozimlarga yangi tayinlanishlar bo‘ldi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Jumladan, podpolkovnik Aktam Xayrullayevich Usmonov Samarqand viloyati Urgut tumani IIB boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Doniyor Ergashevich Ashurov Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shunindek, mayor Rustamxon Xolmirzayevich Do‘stmatov Namangan viloyati IIB Huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Izoh (0)