Filippin janubida ichida haydovchi va 30 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobusni egallab olgan harbiy xizmatchi taslim bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Asirlardan hech biriga jabr yetmagan. Mamlakat poytaxti Manilaga ketayotgan shaharlararo avtobusda odamlarni ushlab turgan Rene Kraxile bilan muzokaralar to‘rt soat davom etgan.
Yakunda harbiy xizmatchi hech qanday shartlarsiz taslim bo‘lgan. Politsiya endi u butunlay jangovar holatda bazani qanday tark etganini aniqlashtirishi kerak bo‘ladi. Uning yonida M16 avtomati, 45 kalibrli to‘pponcha va granata bo‘lgan. U asirlar ozod qilingach ham hech qanday shart qo‘ymagan.
Izoh (0)