Besh yil ichida O‘zbekistonda paxtani mashinada terish ulushi 50—60 foizga chiqadi, deb xabar bermqoda Uzbekistan Today. Hozirda ushbu ko‘rsatkich besh foizni tashkil etadi.
Har yili mexanizatsiyalashgan paxta terishga o‘tish uchun rejali ishlar olib boriladi va ushbu yilda joriy mavsum hosilini terish uchun Toshkent traktor zavodida ishlab chiqarilgan 1000 ta zamonaviy paxta terish mashinasi sotib olinadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonning mashina—traktor parklarida 1232 ta paxta terish mashinasi mavjud. MX 1,8 rusumidagi 807 ta mashina Toshkent traktor zavodida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 425 tasi AQShning Case kompaniyasi mahsuloti hisoblanadi.
Izoh (0)