Avstraliyaning eng boy kishisi va dunyodagi eng boy ayollardan biri bo‘lgan Jina Raynxart (boyligi 17 milliard dollarga baholangan) o‘z farzandlari bilan uch yil davom etgan sudlashuvdan keyin oilaviy jamg‘armani boshqarish huquqidan mahrum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Knews.kg”.
Hope Margaret Hancock Trust jamg‘armasi 1988-yilda Raynxartning otasi Leng Xenkok tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, 2011-yilda uning to‘rt nafar nevarasi — Jon, Byanka, Jiniya va Xoupga o‘tishi kerak edi. Biroq ushbu muddat kelishidan oldin, ularning onasi jamg‘arma nizomini o‘zgartirib, bu vaqtni 2068-yilgach uzaytirdi.
Shundan keyin Jon va Byanka 61 yoshli Raynxartni 3 milliard dollarlik jamg‘armani boshqarish huquqidan mahrum qilish tashabbusi bilan chiqqan. Kenja qiz Jiniya onasi tarafga o‘tgan, Xoup esa onasidan 45 million dollar kompensatsiya olgach, mojarodan chiqib ketgan. Sud boshqaruv huquqini Byankaga olib bergan. Biroq u muhim qarorlarni qabul qilish chog‘ida boshqa hissadorlar bilan maslahatlashishi lozim.
Izoh (0)